O'ktam Kamalov - Nido

  • Размер: 11.28 MB
  • Длительность: 4:55
  • Качество: 320 kbps
  • Дата релиза: 08.04.2023
Слушать
Скачать
Текст песни
Уктам Камалов Нидо

Menga dengiz kerak emas oqib turgan soy bo'lsa
G'iybati yo'q minnati yo'q tinch xotirjam joy bo'lsa
Kerak emas soxta do'stlar shoxona dasturxonlar
Onam yopgan kulcha no u bir piyola choy bo'lsa

Yolg'on vadalar kerakmas lavzi halol so'z bo'lsa
Haqiqatga tik qaragan yonib turgan ko'z bo'lsa
Yaxshi yomon kunlaringda olloh uchun qo'l bergan
Bitta bo'lsa ham haqiqiy qiyomatli do'st bo'lsa

Yorug' shinam joy kerakmas yonib turgan sham bo'lsa
Hech kim ko'rmasin deymanda gar ko'zlarim nam bo'lsa
Tizzasiga boshim qo'ysam sochlarimni erkalab
Dardlarimni eshitguchi jannatim onam bo'lsa

To'fonu bo'ron kerakmas mayin bir sabo bo'lsa
Ollohim o'zing kechirgin qadamim xato bo'lsa
Kimga boylik qasr yetmas kimdir tinchlik dardida
Kimga tirik qolish uchun ozgina havo bo'lsa
Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив