Zebo Yusupahmetova - Burgutlar

  • Размер: 6.86 MB
  • Длительность: 2:59
  • Качество: 320 kbps
  • Дата релиза: 04.07.2023
Слушать
Скачать
Текст песни
Зебо Юсупахметова бургутлар
Зебо Юсупахмет бургутлар

Atrofimda na pastkash na mard qoldi
Yuragimda na orzu na dard qoldi
Tog‘larga teng bardoshimdan gard qoldi
Meni ko'kka olib uching burgutlar
Telba istak isyon qilar tanimda
Bir dardkash yo'q habibim yo'q yonimda
Joy qolmagan mendaylarga zaminda
Meni ko‘kka olib uching burgutlar

Burgutlar burgutlar
Meni ko'kka olib uching burgutlar

Odil qushsiz erkingizni sotmagan
Mag'rur qushsiz o'laksaga boqmagan
Kim ham sizga havas qilib yonmagan
Meni ko'kka olib uching burgutlar
Imkon bering osmonni bir ko'rayin
Moviy ko'kda zo'r mo'jiza tuyayin
O'lsam sizdek qush qo'lida o'layin
Meni ko‘kka olib uching burgutlar
Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив