Javlon Adxamov - Musofir sog'inchi

  • Размер: 8.99 MB
  • Длительность: 3:55
  • Качество: 320 kbps
  • Дата релиза: 10.06.2023
Слушать
Скачать
Текст песни
Жавлон Адхамов - Мусофир согинчи

Ko'zlari yo'limda kutar xar nafas
Ko'zlariga dunyo tor misli qafas
Duosi boshimda soyabonimni
Onamni sog'indim mexribonimni
Musofir bo'ldimu jabrini bildim
Metinday bardoshu sabrini bildim
Qoqildim yiqildim qiynab jonimni
Otamni sog'indim otajonimni
Onamni sog'indim mexribonimni
Otamni sog'indim otajonimni
Duosi boshimda soyabonimni
Onamni sog'indim mexribonimni
Noiloj ichimga dardim sig'maydi
Sog'inchning azobi bag'rim tig'laydi
Kun o'tar xaftalar oy yillar tinmay
Qachon kelasiz deb bolam yig'laydi
Ko'zlari munchog'im o'ksinma bolam
Sen kulsang charog'on bo'lar bu olam
Eng shirin damlaring ko'rolmayapman
Yuragim tubidan qiynar shu alam
Ko'zida shash qator yosh marjonimni
Bolamni sog'indim bolajonimni
Bir quchsam unutsam bor armonimni
Bolamni sog'indim bolajonimni
Onamni sog'indim mexribonimni
Otamni sog'indim otajonimni
Ko'zida shash qator yosh marjonimni
Bolamni sog'indim bolajonimni
Aka ukalarim opa singillar
Sizlarni o'ylasam dardim yengillar
Qaldirg'och in solgan seng hovlimni
Uyimni sog'indim xonadonimni
Hayosi ibosi vafosi go'zal
Xasta bu dilimga shifosi go'zal
O'zimning xalolim qadirdonimni
Yorimni sog'indim yori jonimni
Onamni sog'indim mexribonimni
Otamni sog'indim otajonimni
Bir quchsam unutsam bor armonimni
Bolamni sog'indim bolajonimni
Комментарии
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив